"Barselona" o'z futbolchisiga uzoq muddatli shartnoma tayyorlab qo'ydi

"Barselona" va markaziy himoyachi Erik Garsiya o'zaro shartnomani uzoq muddatga uzaytirishni istamoqda.
Kataloniya klubi bu mavsumda La Liganing dastlabki uchta o'yinida uch marta asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchining daxlsizligini ta'minlamoqchi.
Erikning "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi kelishuvi kelasi yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 18 million evroga baholamoqda. O'tgan mavsumda Garsiya "Barselona" safida 45 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.