«Barselona» himoyachisi Jerar Martin Lionel Messining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi o'yinidan hayratda qolganini tan oldi. Argentina terma jamoasi sardori mundial davomida 39 yoshini nishonladi, ammo o'z kuchli fazilatlarini yo'qotmagan: «albiseleste» hamon o'yinni uning atrofida muvaffaqiyatli qurishmoqda va bu ularga yarim finalga chiqish imkonini berdi.

«JCh-2026 da kim meni hayratda qoldirdi? Messi. Men mavsum davomida uni u qadar kuzatmagan edim, ammo u turnirga ajoyib sport formasida keldi. Messi kim ekanini barchamiz bilamiz, lekin u hech qachon hayratlantirishdan to'xtamaydi», — dedi Martin Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

15 iyul kuni argentinaliklar Jahon chempionati yarim finalida Angliyaga qarshi o'ynaydi.

Lionel Messi turnir to'purarlari poygasida Kilian Mbappe bilan birgalikda etakchilik qilmoqda — har ikkisi ham sakkiztadan gol urgan.

Manba: Stadion.uz