"Barselona"ning yosh iqtidori Saudiyaga o'tishdan bosh tortdi

"Barselona"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Mark Bernal yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishi mumkin edi. Bu haqda jurnalist Gabriel Sans ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, yozda Bernalni "Chelsi" va "An-Nasr" o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan, biroq 18 yoshli futbolchi barcha takliflarni rad etib, "Barselona"da qolgan. Ta'kidlanishicha, "Chelsi" Bernalni sotib olib, "Strasburg"ga ijaraga bermoqchi bo'lgan, "An-Nasr" esa futbolchini asosiy tarkibda o'ynatmoqchi edi.
Bernal xochsimon bog'lamlar uzilishi tufayli bir yilni o'tkazib yubordi. Yarim himoyachi Ispaniya chempionatining 3-turida "Valensiya"ga qarshi o'yinda (6:0) 9 daqiqa o'ynadi.