"Barselona"ning 19 yoshli vingeri Runi Bardji jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik haqida fikr bildirdi.

"Flik - ajoyib murabbiy va ajoyib inson. U o'z o'yinchilari bilan to'g'ri gaplashishni biladi. Biz u bilan ko'p marta yaxshi muloqot qilganmiz, shuning uchun "Barselona"ga o'tganimdan xursandman", - deya Bardjining so'zlarini keltiradi Barca Worldwide.

"Barselona" shvetsiyalik iqtidor egasini yozgi transferlar vaqtida sotib oldi va "Kopengagen"ga ikki yarim million evro to'ladi.