"Barselona"ning sobiq prezidenti: "Yamal dunyoning eng yaxshi o'yinchisi emas"

Joan Gasparning fikricha, Lamin Yamal hali dunyoning eng yaxshi o'yinchisi deb tan olinishiga ancha vaqt bor.
"U dunyoning eng yaxshi o'yinchisi emas. O'tgan mavsumda ham bunday bo'lmagan. U kuchli futbolchi bo'lishi mumkin, lekin hali eng yaxshisi emas.
Agar Lamin o'yinga to'liq tayyor bo'lmasa, unda maydonga chiqmagani yaxshiroq. U mutlaqo tayyor bo'lganda maydonga tushishi kerak va bunga bahona yo'q.
Unga tanaffus va to'liq tiklanish kerak", dedi "Barselona"ning sobiq prezidenti.