Londonning «Arsenal» va Kataloniyaning «Barselona» klublari sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Gleb argentinalik Lionel Messi va portugaliyalik Krishtianu Ronalduning o'zaro taqqoslanishi haqida fikr bildirdi.

«Ronaldu men uchun buyuk futbolchi. U — ishonib bo'lmas muvaffaqiyatlar va yutuqlarga erishgan yulduz. Ammo Leo shunchaki boshqa sayyoradan, ularni hatto solishtirish ham qiyin. Unga etib bo'lmaydi», - deya sobiq futbolchining so'zlarini keltiradi «Chempionat».

Ronaldu JCh-2026dagi ishtirokini 1/8 final bosqichida, Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib yakunladi. Messi esa Argentina terma jamoasi bilan mundialning chorak finaliga yo'l oldi va u erda Shveytsariya milliy jamoasi bilan to'qnash keladi.

Manba: Stadion.uz