"Barselona"ning sobiq futbolchisi: "Agar biz 4:0 hisobida g'alaba qozonsak va u gol ura olmasa, Messi norozi bo'lardi"

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Samuel Yumtiti Lionel Messining mentaliteti haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Messi o'yin taqdirini hal qila oladi va bunday iqtidor egalari juda kam. Agar biz 4:0 hisobida g'alaba qozonayotgan bo'lsak-u, u gol urmagan bo'lsa, undan norozi bo'lardi. Uning fikri-xayolida doim gol urish kerak degan tushuncha bor edi. Bu buyuklik belgisidir. U darvoza oldida haqiqiy "qotil". U o'yinni qachon tezlashtirish va qachon sekinlashtirish kerakligini aniq biladi. U doimo atrofga qarab, futbolchilarning joylashuvini baholab yuradi. Leoga qarshi himoyalanishning tayyor retsepti yo'q, u — oldindan aytib bo'lmas futbolchi", — dedi Yumtiti "The Elevate House" nashriga.
Lionel Messi hozirda "Inter Mayami" safida to'p surmoqda. Argentinalik yulduz faoliyati davomida sakkiz marta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan.