«Barselona»ning Rafinyani sotish borasidagi pozitsiyasi ma'lum bo'ldi

Mish-mishlarga ishonadigan bo'lsak, «Barselona» vingeri Rafinya Dias shu yozda klubini o'zgartirishi mumkin.
Yulduzli braziliyalikni o'z safiga qo'shib olishni Saudiya Arabistoni chempionati vakillari istashmoqda. Jurnalist Serxi Solening ma'lumotlariga ko'ra, «Barselona»da 29 yoshli futbolchining kelajagi borasida mutlaqo xotirjamlik hukm surmoqda. Rafinya jamoadan ketish istagini bildirmagan va Kataloniya grandi rahbariyati hali ham unga umid bog'lamoqda. Uni sotish imkoniyati faqat bir holatda, katta taklif tushsagina ko'rib chiqilishi mumkin.
Rafinyaning «ko'k-anorranglilar» bilan shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi. Xans-Diter Flik jamoasi hujum etakchisining transfer qiymati Transfermarkt baholashiga ko'ra 70 million evroni tashkil etadi.
Manba: Stadion.uz