«Sassuolo» markaziy himoyachisi Tarik Muharemovichning Milanning «Inter» klubiga o'tishi barbod bo'lishi mumkin. «Neradzurrilar» bosniyalik futbolchining transferi bo'yicha muzokaralarda tez ildamlashgan edi, chunki ular «Barselona» jiddiy qiziqish bildirayotgan Alessandro Bastoni o'rniga zudlik bilan o'rinbosar topmoqchi edilar.

Biroq, «ko'k-anorranglilar» italiyalik himoyachi transferidan voz kechishdi, shu sababli Muharemovichning ham «Inter»ga o'tishini «muzlatib» qo'yishga to'g'ri keldi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.

«Inter» rahbariyati ushbu transferni oxirigacha etkazadimi yoki yo'qmi — hozircha noma'lum, ammo endi milanliklar bu masalada aniq shoshilishmaydi. «Sassuolo» yulduzining «Transfermarkt» portalidagi bahosi 20 million evroni tashkil etadi. 23 yoshli futbolchiga bo'lgan huquqlarning yarmi «Yuventus» klubiga tegishli hisoblanadi.