"Barselona" yarim himoyachisi Gavi bugungi mashg'ulotlar jarayonida jarohat oldi.

Cat Radio xabariga ko'ra, 21 yoshli futbolchining shikastlanish darajasi jiddiy emas, biroq u jamoaning navbatdagi o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin.

"Barselona" yakshanba oqshomida La Liga 3-turida "Rayo Valekano" mehmoni bo'ladi.