«Barselona» shu yozda Chempionship vakili «Birmingem» bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirmoqda.

Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida kataloniyaliklar Angliya terma jamoasining Berton-apon-Trent shahrida joylashgan mashg'ulot markazida taxminan ikki hafta vaqt o'tkazishadi. «Barselona» u erga 27 iyul kuni etib borishi kutilmoqda. «Birmingem»ga qarshi o'yinning aniq sanasi hozircha belgilanmagan.

Xansi Flik jamoasi Angliyadagi yig'indan so'ng yana ikkita nazorat o'yini o'tkazishi rejalashtirilgan:

Birinchisi — Keniya poytaxti Nayrobida;

Ikkinchisi — Marokashda bo'lib o'tadi.

Ta'kidlanishicha, JCh-2026 sababli «Barselona» bu yil to'liq formatdagi xorijiy turneni amalga oshirmaydi.