«Barselona»ning La Ligadagi imkoniyati keskin oshib ketdi (Opta)

Opta mutaxassislari jamoalarning Ispaniya La Ligasi chempionligini qo'lga kiritish imkoniyatlarini hisoblash uchun superkompyuterni ishga tushirdi. Ma'lum bo'lishicha, chempionlik uchun eng katta imkoniyat "Barselona"da. Hisob-kitoblarga ko'ra, Xans-Diter Flik jamoasi 62,55 foiz ehtimol bilan La Liga chempionligini himoya qiladi.
"Real"ning chempionlik uchun imkoniyati ancha past - 31,4 foiz. Kuchli uchlikni 2,97 foiz ko'rsatkich bilan "Atletiko" yakunlab berdi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" 7-tur yakunlariga ko'ra La Liga turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi. Xans-Diter Flik jamoasi 19 ochko jamg'arib, ikkinchi o'rindagi "Real"ni bir ochkoga ortda qoldirmoqda.