"Barselona"ning ikki asosiy futbolchisi umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi

"Barselona"ning muhim futbolchilari safga qaytdi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, jamoaning bugungi umumiy guruh mashg'ulotlarida yarim himoyachilar Fermin Lopes va Frenki de Yong ishtirok etgan.
Ular 6 dekabrga belgilangan "Betis"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin bo'ladi.