«Barselona»ning Gordon transferidan keyingi navbatdagi maqsadi aytildi

Yaqin vaqt ichida Entoni Gordon «Nyukasl»dan «Barselona»ga o'tadi. Bir nechta nufuzli insayderlar klublar o'rtasida kelishuvga erishilganini bir ovozdan tasdiqlashmoqda. 25 yoshli futbolchi payshanba kuniyoq tibbiy ko'rikdan o'tish uchun etib kelishi kerak. Agar muammolar aniqlanmasa, Gordon shartnoma imzolaydi.
Gordon bilan bog'liq bitim yopilganidan so'ng, «Barselona» markaziy hujumchi pozitsiyasiga futbolchi sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqdagi ma'lumot Catalunya Radio efirida yangradi.
Shuni ta'kidlash joizki, Entoni Gordon markaziy hujumchi sifatida ham o'ynay oladi, ammo uning asosiy pozitsiyasi boshqa — chap qanot vingeri.