"Elche" darvozaboni Inyaki Penya "Real" hujumchisi Vinisius Junior bilan to'qnashuvdan keyingi o'z fikrlarini bildirdi.

Braziliyalik futbolchi darvozabonning yuziga tizzasi bilan urilib ketdi - ispaniyalikning burni jiddiy shikastlangan, bu o'yindan keyingi suratlarda ko'ringan. Bu epizod Jud Bellingemning "qaymoqranglilar"ni mag'lubiyatdan qutqaruvchi goli bilan yakunlandi - 2:2.

"Vinisius bilan to'qnashuv? Hechqisi yo'q, bu shunchaki o'yinda bo'lib turadigan vaziyat. U inertsiya bilan menga tizzasi bilan turtilib ketdi, hechqisi yo'q. Boshqa hech qanday gap yo'q," - deya "Barselona"dan ijaraga olingan Penya so'zlarini keltiradi The Touchline.

Aynan "Elche" darvozaboni bellashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi.