"Barselona"ning bu transferni amalga oshirish ehtimoli juda past

“Barcelona”ning "Kristal Pelas" markaziy himoyachisi Mark Gexini transfer qilishi ehtimoldan yiroq. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 25 yoshli angliyalik futbolchining o'zi jamoaga qo'shilishga tayyor bo'lsa-da, uning yuqori maosh talablari va bitimni tezroq yakunlash istagi “ko'k-anorranglilar”ni deyarli variantlar safidan chiqarib yuboradi.
Hozirda Gexi uchun asosiy da'vogar "Liverpul" bo'lib turibdi.