«Barselona»ning Adeyemi bo'yicha taklifi rad etildi

«Barselona» klubi «Borussiya D» hujumchisi Karim Adeyemini sotib olish bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqqan. Bu haqda Marca va Sky Sports nashrlari xabar berdi.
Manbalarga ko'ra, «Barselona» 23 yoshli futbolchi uchun 20 million evro taklif qilgan. Biroq dortmundliklar ushbu mablag'ni juda past deb hisoblab, taklifni rad etgan.
O'tgan mavsumda Adeyemi barcha turnirlar doirasida 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Futbolchining «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha tuzilgan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 40 million evro deb baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar