"Barselona"ning g'alabali seriyasi 9 o'yinga etdi.

Xans-Diter Flik jamoasi Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletik"ni tor-mor etdi (5:0).

Oxirgi marta kataloniyaliklar 25 noyabr kuni maydonni g'alabasiz tark etishgandi - o'shanda ularni "Chelsi" mag'lub etgandi (0:3). O'shandan beri "blaugrana" ketma-ket to'qqiz marta umumiy 26:6 hisobda g'alaba qozondi.

Keyingi o'yinda "Barselona" "Real" yoki "Atletiko"ga qarshi maydonga tushadi.