«Barselona» klubi asosiy tarkib futbolchilaridan birini sotishga tayyor. Radio Marca nashrining jurnalist Matteo Morettoga tayanib xabar berishicha, «ko'k-anorranglilar» himoyachi Jyul Kunde bo'yicha kelib tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga rozi.

«Agar yaxshi taklif tushsa, "Barselona" uni rad etmaydi. Kunde "daxlsiz" futbolchilar sirasiga kirmaydi», — dedi Moretto.

Transfermarkt portali mutaxassislari Jyul Kundening transfer qiymatini 65 million evroga baholamoqda.

27 yoshli Kundening «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2029/2030 yilgi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, yakshanba kuni «Barselona» La Liga doirasida o'z maydonida «Rayo Valekano»ni qabul qiladi.