«Barselona» «Manchester Siti» futbolchisi uchun kurashda favorit

«Manchester Siti» hujumchisi Omar Marmush faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda «CaughtOffside» jurnalisti Mark Brus xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, «ko'k-anorranglilar» misrlik futbolchi uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda. Marmush hozirda «Manchester Siti»da etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. Ta'kidlanishicha, «shaharliklar» katta ehtimol bilan futbolchini 60-65 million evro evaziga sotishga rozi bo'lishadi.
2025 yilning yanvar oyida «Manchester Siti» Marmushni «Ayntraxt»dan 75 million evroga sotib olgan edi. Ushbu mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.