«Barselona» Levandovskining o'rniga 45 million evrolik hujumchi topdi

«Barselona» yangi hujumchi izlashni boshladi, chunki Robert Levandovski joriy mavsum yakunlanganidan keyin kataloniyaliklar klubini rasman tark etadi. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma'lumotiga ko'ra, «ko'k-anorranglilar» polshalik to'purarning o'rinbosari sifatida «Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezusni ko'rishmoqda. Londonliklar braziliyalik futbolchini 45 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Joriy mavsumda Gabriel Jezus «Arsenal» safida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan.