37 yoshli polshalik forvard Robert Levandovski 2025/26 yilgi mavsum yakunlanganidan so'ng «Barselona»ni tark etgan edi.

«The Touchline» nashrining xabariga ko'ra, «Barselona» rahbariyati Levandovskini qo'yib yuborish haqidagi qaroridan albatta afsuslanishni boshlagan. May oyida klub mutasaddilari yangi markaziy hujumchini osonlik bilan sotib olishlariga ishonchi komil edi, biroq Xulian Alvares va Joao Pedroni qo'lga kiritish uchun olib borilayotgan kurash kutilganidan ancha qiyin kechmoqda.

Levandovski 2022 yildan 2026 yilgacha «Barselona» sharafini himoya qildi. Ushbu davr mobaynida forvard 193 ta uchrashuvda maydonga tushib, 120 ta gol urdi va 24 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Robert Levandovski faoliyatini MLS (AQSh)da davom ettirishi kutilmoqda. Polshalik to'purarni o'z safiga qo'shib olishni «Chikago Fayr» klubi xohlamoqda.

Manba: Stadion.uz