Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati jamoa markaziy hujumchisi Robert Levandovski bo'yicha rejalarini belgilab oldi. Sport.es jurnalistlariga ma'lum bo'lishicha, "ko'k-anorranglilar" polshalik tajribali goleador bilan yangi mehnat shartnomasini imzolamaydi.

37 yoshli hujumchi 2022 yilning iyulidan beri kataloniyaliklar sharafini himoya qilmoqda. Robert bilan "ko'k-anorranglilar" o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasining muddati kelasi yilning o'rtalarida tugaydi. Levandovskining bozor narxi o'n million evroni tashkil etadi.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida hujumchi ettita o'yinda qatnashib, to'rtta gol urdi.