"Xoffenxaym" hujumchisi Fissnik Asllaniga Evropaning nufuzli klublari qiziqish bildirishda davom etmoqda.

Avval xabar berganimizdek, 23 yoshli futbolchiga kelasi yili Robert Levandovskining o'rnini egallaydigan hujumchi qidirayotgan "Barselona" da'vogarlik qilmoqda. TBR Football xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar"ning vazifasi murakkablashmoqda, chunki futbolchiga Angliyaning "Tottenxem", "Chelsi" va "Aston Villa" klublari ham ko'z tikkan. Sanab o'tilgan barcha klublarning skautlari kosovalik forvardning muvaffaqiyatlarini diqqat bilan kuzatib borishadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Fisnik Asllani shartnomasida 30 mln evrodan ko'p bo'lmagan miqdorda tovon puli belgilangan.