"Barselona" kubok o'yini uchun qaydnomasini ma'lum qildi

"Barselona" klubi matbuot xizmati jamoaning Ispaniya kubogi doirasida mamlakatning uchinchi divizioni vakili "Gvadalaxara"ga qarshi o'yin qaydnomasini e'lon qildi.
23 futbolchidan iborat ro'yxatga sonining orqa qismida muammosi bo'lgan hujumchi Robert Levandovski, shuningdek, "ko'k-anorranglilar" hujumining etakchilari Rafinya va Lamin Yamal kiritilgan.
"Barselona" qaydnomasi: Ter Shtegen, Joan Garsiya, Shensnii, Balde, Kubarsi, Kristensen, Martin, Kunde, Erik Garsiya, Torrentes, Pedri, Fermin, Kasado, de Yong, Bernal, Tommi Markes, Ferran, Levandovski, Yamal, Rafinya, Reshford, Runi.