"Barselona" kolumbiyalik futbolchi bilan bog'landi

"Barselona" qishki transfer oynasida o'ng qanot himoyasiga yangi futbolchi olib kelishi mumkin.
SPORT nashri xabariga ko'ra, kataloniyaliklar "Kristal Pelas" futbolchisi Daniel Munos bilan transfer masalasi bo'yicha bog'langan.
29 yoshli kolumbiyalik futbolchining "burgutlar" bilan 2028 yil yozigacha mo'ljallangan shartnomasi bor. Transfermarkt uni 25 million evroga baholamoqda.