"Barselona" Keynning tovon pulini to'lashga tayyor

Kelasi yozda Robert Levandovski "Barselona"ni tark etishi mumkin. The Guardian nashri sahifalarida Kataloniya klubi "Bavariya" forvardi Xarri Keyn o'rniga Levandovskini asosiy nomzodga aylantirgani haqida xabar tarqaldi. "Ko'k-anorranglilar" angliyalik futbolchini polshalik uchun ideal o'rinbosar deb hisoblamoqda.
Manbaga ko'ra, "Barselona" yozda Keynning 65 million evrolik shartnomasida sotib olish optsiyasini faollashtirishga tayyor bo'lishi mumkin.
2025/2026 yilgi mavsumda Xarri Keyn 17 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. 32 yoshli Keynning Myunxendagi amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan.