"Barselona" kelasi yozda ikki katta transferni rejalashtirmoqda

Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati 2026 yilning yozida katta transferlar amalga oshirmoqchi.
Relevo xabariga ko'ra, "kataloniyaliklar" o'z safiga "Inter"dan Alessandro Bastoni va "Atletiko"dan Xulian Alvaresni qo'shib olmoqchi.
Italiyalik himoyachining transferi uchun taxminan 80 million evro, argentinalik hujumchi uchun esa 100 million evro ketishi kutilmoqda.