"Manchester Siti" va Norvegiya terma jamoasining markaziy hujumchisi Erling Xolandga Ispaniyadan ish taklifi bor, deya xabar beradi Football Insider.

Manbaning xabariga ko'ra, skandinaviyalik to'purarga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. "Ko'k-anorranglilar" norvegiyalik hujumchini polshalik Robert Levandovskiga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

25 yoshli Xoland hozirda 180 million evroga baholanmoqda. Uning ingliz top klubi bilan shartnomasi 2034 yilning yozida yakuniga etadi.