"Barselona"ning "Kamp Nou"ga qaytish jarayoni yana ortga cho'ziladigan bo'ldi.

SPORT nashri xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" 18 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan "Jirona"ga qarshi La Liga doirasidagi o'yinni "Monjuik" stadionida o'tkazadi.

Avvalroq, klub noyabr oyidan boshlab 45 ming muxlisni qabul qiladigan "Kamp Nou"ga qaytishni rejalashtirayotgani ma'lum bo'lgandi.