«Barselona» Joau Kanselu transferini iloji boricha tezroq hal qilmoqchi

«Al-Hilol»ning chap qanot himoyachisi Joau Kanselu tez orada «Barselona»ga qaytishi mumkin.
32 yoshli futbolchi faqat «ko'k-anorranglilar» sharafini himoya qilishni istamoqda va klublar o'zaro kelishib olishiga umid qilmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, vaziyat tez orada oydinlashadi — Kataloniya klubi bitimni iloji boricha tezroq yakunlashga harakat qilmoqda.
Joau Kanselu o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida, shuningdek, 2023/24 yilgi mavsumda «Barselona» safida to'p surgan edi. Har ikkala holatda ham portugaliyalik futbolchi La Liga grandi bilan faqat ijara shartnomasi orqali bog'langan edi.
Mashhur Transfermarkt portalida futbolchining narxi 8 million evroga baholanmoqda, uning «Al-Hilol» bilan amaldagi shartnomasi esa keyingi yilning o'rtalarida tugaydi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar