"Barselona" Inigo o'rniga 3 nafar futbolchi ro'yxatini tuzdi

"Barselona" agarda yoz oxirigacha katta sotuv amalga oshirsa, markaziy himoyaga yangi futbolchi olib kelmoqchi.
Xabarlarga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" rahbariyati "An-Nasr"ga o'tib ketgan Inigo Martines o'rniga kelishi mumkin bo'lgan 3 nafar futbolchi ro'yxatini tuzdi. Bular Murillo (Nottingem Forest), Kastello Lyukeba (Leyptsig) va Gonsalu Inasiu (Benfika).