"Barselona" himoyachisining tiklanishi uchun qancha vaqt ketishi ma'lum bo'ldi

Biroz avval "Barselona" markaziy himoyachisi Andreas Kristensen xochsimon bog'lam jarohati sabab safdan chiqqani ma'lum bo'ldi.
Klub 29 yoshli daniyalik futbolchi konservativ uslubda davolanishini e'lon qilgan.
Sport.es xabariga ko'ra, Kristensen taxminan 4 oyga safdan chiqqan. U may oyiga kelibgina maydonga qaytishi mumkin.