"Barselona" himoyachisi "Chelsi"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin jamoa qanday o'zgarganini gapirib berdi

"Barselona" futbolchisi Jerar Martin jamoaning g'alabali seriyasi haqidagi savolga javob berdi.
Noyabr oyi oxirida kataloniyaliklar Chempionlar ligasida "Chelsi"ga yirik hisobda yutqazgandi (0:3). O'shandan beri ispan grandi faqat g'alaba qozonmoqda - barcha turnirlarda ketma-ket ettita o'yinda g'alaba qozondi.
"Ha, "Chelsi"dan uchralgan mag'lubiyat alamli bo'ldi. Tan olish kerakki, u bizga yaxshiroq bo'lishga yordam berdi, rivojlanish va mashaqqatli mehnatga undadi. Menimcha, endi biz butunlay boshqa "Barselona"ni ko'ryapmiz," - deya Martinning so'zlarini keltiradi BarcaTimes.