"Barselona" himoyachisi Jerar Martin "Espanol"ga qarshi o'yinda (4:1) jarohat sabab o'yinni oxirigacha etkaza olmagan edi.

Sport nashri xabariga ko'ra, tekshiruvlarda futbolchida hech qanday jarohat aniqlanmagan. U seshanba kuni bo'ladigan "Atletiko"ga qarshi o'yinga to'liq tayyor.

Kataloniyaliklar dastlabki o'yindagi 0:2 hisobidan so'ng Madridda kambek amalga oshirishga harakat qilib ko'radi.