"Barselona" yarim himoyachisi Gavi jarohat olib safdan chiqdi. 21 yoshli futbolchi yaqinda bo'lib o'tgan mashg'ulotda kuchli zarbadan jarohat oldi. Dastlab, bu shunchaki lat eyish deb taxmin qilingan edi, ammo muammo jiddiyroq bo'lib chiqdi. Esport3 xabariga ko'ra, xavbek 2023 yil oxirida operatsiya qilingan tizzasidan jarohat olgan. Yangi jarohat qanchalik jiddiy ekani hozircha noma'lum, ammo klubda xavotir bor.

Ma'lumotlarga qaraganda, Gavi La Liganing 31 avgust, yakshanba kuni bo'lib o'tadigan "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.