Londonning "Chelsi" klubi markaziy himoyachisi Aksel Disasi "Barselona"ga taklif qilindi.

"Ko'klar" ustozi Entso Mareska anchadan buyon frantsiyalik futbolchiga umid qilmayapti, shu bois futbolchining vakillari unga yangi klub qidirmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, Disasining xizmatlari "Barselona"ga taklif qilingan. Gap ijara haqida emas, to'laqonli transfer haqida ketmoqda. Kataloniya klubi hali bir qarorga kelgani yo'q.

Ma'lumki, "ko'k-anorranglilar" yanvar oyida katta xarajatlarsiz mudofaa markazini kuchaytirmoqchi. Aksel Disasining Transfermarkt saytidagi narxi - 15 mln evro. Futbolchi joriy mavsumda "Chelsi"ning asosiy jamoasida o'ynamadi - u hatto qaydnomaga ham kiritilmadi.