"Barselona"ga APLdan ikki himoyachi taklif qilindi

Kataloniyaning "Barselona" klubi qishda markaziy himoya pozitsiyasiga yangi futbolchi olib kelmoqchi.
Diario Sport xabariga ko'ra, APL agentlari "ko'k-anorranglilar"ga "Manchester Siti"dan Natan Ake va "Chelsi"dan Aksel Disasi variantlarini taqdim etishgan.
Kataloniyaliklar futbolchilarni ijaraga olish imkoniyatini ko'rib chiqishi mumkin.
30 yoshli niderlandiyalik Akening Transfermarkt portalidagi qiymati 18 million evro. 27 yoshli frantsiyalik Disasi esa xuddi o'sha portalda 15 millionga baholangan.