Kataloniyaning "Barselona" klubi raqiblarini tor-mor qilishda davom etmoqda - bu safar futbolkalar savdosi bozorida. Klub nihoyat o'tgan yilgi futbolkalar savdosi bo'yicha yakuniy hisobotni chiqardi.

U 108 million evroni tashkil etdi, bu o'tgan hisobot yili - 2023 yilga nisbatan sakkiz million ko'proqdir. Aniqroq aytganda, futbolkalarning o'zi 97,8 million evro daromad keltirdi, qolgan qismi esa klub ramzlari tushirilgan turli mayda-chuydalarga to'g'ri keldi.