«Barselona» himoyachisi Erik Garsiya Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares haqida nimalar deb o'ylashini so'zlab berdi.

Argentinalik futbolchining Kataloniya klubiga o'tishi haqidagi xabarlar anchadan beri aylanib yuribdi. Hujumchining o'zi ham «ko'k-anorranglilar» safiga qo'shilishdan mamnun bo'lishi taxmin qilinmoqda, biroq «matraschilar» uni qo'yib yubormoqchi emas.

«Xulian Alvares haqida faqat bir narsani aytishim mumkin — u juda yaxshi o'yinchi va buni allaqachon isbotlab ulgurgan. Ammo uning kelajagi mavzusiga chuqur kirishishni istamayman, chunki nima bo'lishini o'zim ham bilmayman», — dedi Garsiya Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, «Atletiko» Alvaresni «Barselona»ga 100 million evro evaziga sotishni rad etgan.

Manba: Stadion.uz