"Barselona" futbolchisi shartnomani 2029 yilgacha uzaytirishga yaqin turibdi

"Barselona" himoyachisi Erik Garsiya klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolash arafasida turibdi.
Muzokaralar muvaffaqiyatli o'tmoqda va muvaffaqiyatli yakunga yaqinlashmoqda. Jurnalist Ferran Korreasning ma'lum qilishicha, 24 yoshli futbolchining "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan bo'lib, bitimga yana bir yilga avtomatik uzaytirish imkoniyati ham kiritiladi.
Erik Garsiya 2021 yilda "Manchester Siti"dan "Barselona"ga qaytgandi. Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi Hans-Diter Flik jamoasining barcha musobaqalardagi 16 ta jangida qatnashib, 1 ta gol urgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yozda tugaydi.