"Barselona" Chempionlar Ligasi 8-turida "Kopengagen" ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

O'yinda kataloniyaliklar hujumchisi Markus Reshford 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va jarimadan gol urdi.

Bundan avval so'nggi bor 7 yil oldin Lionel Messi EChLda "Barselona" safida jarimadan "Liverpul" darvozasiga gol kiritgan edi. Shundan so'ng hech kim "ko'k-anorranglilar" safida standartlardan gol ura olmayotgandi.