"Barselona" futbolchisi nima sababdan bugungi o'yinni o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi

"Barselona" darvozaboni Voytsex Shesni gastroenterit tufayli bugungi "Osasuna"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi.
35 yoshli polyak 16 dekabr kuni bo'lib o'tadigan "Gvadalaxara"ga qarshi Ispaniya kubogi bellashuviga tayyor bo'lishi kutilmoqda.
Shesni joriy mavsumda 9 ta o'yinda 17 ta gol o'tkazib yubordi. Uning hisobida quruq o'yin yo'q.