"Barselona" kecha La Liga 5-turida "Xetafe"ni yirik 3:0 hisobida mag'lub etdi.

O'yinni markaziy himoyachi sifatida boshlagan Erik Garsiya chap qanot himoyachisi sifati yakunlanadi. Bahsdan so'ng u o'z fikrlarini bildirdi.

"Murabbiy meni ko'rgan har qanday pozitsiyada o'ynashga tayyorman, eng muhimi - imkon qadar tez-tez maydonga tushib, g'alaba qozonish. Barchamiz o'yinlarda g'alaba qozonishni istaymiz," - deya Garsiyaning so'zlarini keltiradi ispan OAV.

La Liganing keyingi turida "Barselona"ning raqibi "Real Ovedo" bo'ladi. O'yin 25 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.