"Barselona" futbolchisi Ispaniya terma jamoasida jarohat oldi

"Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo Ispaniya terma jamoasi mashg'ulotlarida jarohat oldi.
Sport nashri xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchi boldir mushaklaridagi jarohat sabab milliy jamoa qarorgohini tark etdi.
U klub safiga qaytib, tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Olmo jaroy mavsumda 10 ta o'yinda 1 ta gol urib, 2 ta assist berdi.