«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes hech qachon «Real» safida o'ynamasligini qat'iy ta'kidladi.

Xorijiy OAV futbolchi ishtirokidagi blits-intervyudan parcha keltirmoqda:

— Qaysi klubda hech qachon o'ynamagan bo'larding?
«Real»da.
— «Real»ning qaysi futbolchisi bilan birga o'ynashni xohlarding?
Hech kim bilan.
— «Real»ning hozirgi futbolchilaridan birortasiga qoyil qolasanmi?
Yo'q.

«Barselona» ayni damda Ispaniyaning amaldagi chempioni va La Liga peshqadami bo'lib turibdi. «Real» esa kataloniyaliklardan to'rt ochko kam jamg'argan holda ikkinchi o'rinda bormoqda.

Fermin Lopes 2025/2026 yilgi mavsumda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va sheriklariga 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.