"Barselona" futbolchisi Gavi jarohatdan qachon qaytishini aytdi

"Barselona" yarim himoyachisi Gavi maydonga qaytishining taxminiy sanasini aytdi.
21 yoshli futbolchi avgust oyi oxirida tizzasidagi muammolar tufayli safdan chiqqan edi. Xavbek operatsiyaga muhtoj bo'ldi - ayni damda u tiklanishda davom etmoqda.
"Belgilangan muddatlarga rioya qilyapman va hozircha hammasi juda yaxshi ketmoqda. O'ylaymanki, [reabilitatsiya boshlanganidan] besh oy o'tgach, o'ynashga tayyor bo'laman," - deya ispaniyalikning so'zlarini keltiradi jurnalist Fernando Polo.
Agar hammasi ko'ngildagidek bo'lsa, Gavi fevral oyidayoq qaytishi mumkin. Joriy mavsumda futbolchi "ko'k-anorranglilar" safida ikkita o'yinda maydonga tushib, bitta samarali uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi.