"Barselona" futbolchisi dunyoning eng qimmat yarim himoyachisi deb topildi

Transfermarkt portali bahorgi narxlarni yangilash natijalariga ko'ra, "Barselona" yarim himoyachisi Pedrini dunyodagi eng qimmat yarim himoyachi sifatida e'tirof etdi. Unga ko'ra, 23 yoshli ispaniyalik futbolchi 150 million evroga baholanmoqda.
Reytingning ikkinchi pog'onasini "Real Madrid" va Angliya terma jamoasi a'zosi Jud Bellingem egalladi. Uning qiymati 140 million evro etib belgilandi.
Uchinchi o'rinni esa bir yo'la uch nafar futbolchi bo'lishib oldi. Bular: Jamal Musiala ("Bavariya"), Federiko Valverde ("Real Madrid"), Deklan Rays ("Arsenal"). Ushbu futbolchilarning har biri hozirda 120 million evroga baholanmoqda.