"Barselona" futbolchisi Runi Bardji jamoadagi muhit haqida gapirdi.

19 yoshli vinger iyul oyida Daniyaning "Kopengagen" klubidan "ko'k-anorranglilar" safiga kelib qo'shilgan edi.

"Bu erda juda do'stona muhit hukm surmoqda - hamma bir oilaga o'xshaydi. Men buni avvalgi jamoalarimning hech birida his qilmaganman.

"Barsa"ning ko'p o'yinchilari birga ulg'aygan, ular bir-birlarini yoshlar akademiyasidan beri bilishadi.

"Barselona"da do'stlar guruhiga bo'linish yo'q - bu erda hamma birga", - dedi futbolchi.