"Barselona" futbolchisi agentlariga takliflarni ko'rib chiqishni topshirdi

Yozgi transfer oynasida "Barselona"ni bir yarim himoyachi tark etishi mumkin. The Touchline nashrining La SER'ga tayanib xabar berishicha, Mark Kasado o'z agentlariga kelayotgan takliflarni ko'rib chiqishni boshlashni topshirgan.
Qayd etilishicha, 22 yoshli Kasado o'yin amaliyoti etishmayotgani sababli klubni o'zgartirish imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqmoqda. 2025/2026 yilgi mavsumda Mark Kasado "Barselona"ning 29 ta rasmiy o'yinida ishtirok etdi. Ushbu o'yinlarda yarim himoyachi o'z hisobiga bitta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.
Hozirda "Barselona" Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi "Real" kataloniyaliklardan etti ochko orqada qolmoqda.